
Mazkur tashrif doirasida xalqaro ekspertlar hamda turizm va xizmat ko‘rsatish sohasidagi ish beruvchi hamkorlar ishtirokida ta’lim jarayoni kompleks baholanmoqda.
Ekspertlar tomonidan quyidagi yo‘nalishlar atroflicha o‘rganilmoqda:
— ta’lim dasturlarining zamonaviy talablar va mehnat bozori ehtiyojlariga mosligi
— professor-o‘qituvchilar salohiyati
— moddiy-texnik baza va infratuzilma
— raqamli ta’lim muhiti va axborot resurslari
Jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur agentlik mamlakatimizda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida baholash va rivojlantirishga mas’ul markaziy davlat organi hisoblanadi.
🎯 Akkreditatsiya jarayoni — ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro standartlarga moslashish va turizm sohasida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.