2026-yil 4-iyun kuni Samarqanddagi Xalqaro turizm akademiyasiga Fransiyaning turizm va mehmondo‘stlik ta’limi va soha vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

 

Delegatsiya tarkibida Association Française des Lycées d’Hôtellerie et de Tourisme (AFLYHT) vakillari, jumladan:

Assotsiatsiya prezidenti — Christophe Joubin

Maslahat kengashi a’zosi — Philippe Celleros.

Mazkur tashrif Samarqand Fransuz Alyansi (Alliance Française de Samarcande) ko‘magida tashkil etildi.

 

Tashrif davomida mehmonlarga akademiya faoliyati, ta’lim dasturlari hamda infratuzilmasi tanishtirildi. Shuningdek, zamonaviy o‘quv laboratoriyalari va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni namoyish etildi.

 

Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar.