Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tomonidan ilgari surilayotgan yangi loyihani amalga oshirish uchun Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Xalqaro turizm Akademiyasi tajribasi o‘rganilmoqda.
🔑 Asosiy maqsad:
— ilg‘or xalqaro tajribani integratsiya qilish
— ta’limni amaliyot bilan bog‘lash
— global darajadagi mutaxassislarni tayyorlash
Kutilayotgan natija:
✨ Xalqaro “Hilton” brendi asosidagi zamonaviy mehmonxona
✨ Turizm klasteri – ta’lim, amaliyot va servisning yagona tizimi
✨ Talabalar uchun real ish muhitida o‘rganish imkoniyati



