2026-yil 3–5-avgust kunlari Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi tomonidan Namangan viloyatida mehmonxona sohasi xodimlari uchun malaka oshirish treninglari tashkil etildi.
Treningda viloyatdagi mehmonxonalarda faoliyat yuritayotgan 60 nafarga yaqin rahbar va mutaxassis ishtirok etdi.
Uch kun davomida ishtirokchilar:
✅ Front Office faoliyatini samarali tashkil etish;
✅ Housekeeping xizmatini xalqaro standartlar asosida boshqarish;
✅ Mehmonlar bilan professional muloqot va servis madaniyati;
✅ Amaliy keyslar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali zamonaviy hospitality yondashuvlarini o‘zlashtirdilar.
Mazkur treninglar mehmonxona xizmatlari sifatini oshirish, xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish hamda hududda mehmondo‘stlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.



