UN Tourism hamda Basque Culinary Center hamkorligida "Gastronomy Tourism Experience Design" jonli onlayn dasturi uchun 4 ta to‘liq moliyalashtiriladigan stipendiya taqdim etiladi.
🔹 2 ta stipendiya – ingliz tilidagi dastur uchun
🔹 2 ta stipendiya – ispan tilidagi dastur uchun
💰 Har bir stipendiya qiymati – 2 930 yevro
Mazkur stipendiya turizm, gastronomiya, mehmondo‘stlik (hospitality) hamda barqaror turizm yo‘nalishlariga qiziqadigan talabalar uchun mo‘ljallangan
📝 Ariza topshirish jarayoni
1️⃣ 1-bosqich – Onlayn ro‘yxatdan o‘tish 🔗 havola
⏺ Ariza formasini to‘ldiring;
⏺ Pasport yoki ID karta nusxasini yuklang;
⏺ Keyingi bosqich bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborilgan tasdiqlovchi elektron xatni qabul qiling.
2️⃣ 2-bosqich – Asosiy arizani topshirish
📄 CV (rezyume) yuklang.
📹 Tanlangan dastur tilida (ingliz yoki ispan) 2 daqiqalik video tayyorlang va unda quyidagi mavzularni yoritib bering:
⏺ Mamlakatingiz hamda uning turizm va gastronomiya salohiyati;
⏺ Gastronomiyaga bo‘lgan qiziqishingiz;
⏺ Kelajakdagi maqsadlaringiz;
⏺ Mamlakatingizda gastronomik turizmni rivojlantirishga qanday hissa qo‘shishingiz;
⏺ Gastronomik turizm BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs)ni amalga oshirishga qanday xizmat qilishi.
📼 Video YouTube yoki Vimeo platformasiga yuklanishi va uning havolasi arizaga ilova qilinishi lozim.
📅 Ariza topshirishning oxirgi muddati:
2026-yil 11-sentabr, soat 23:59 (CEST)
Dastur haqida
⏺ O‘qish davri: 2026-yil 28-oktabr – 2027-yil 19-mart
⏺ Format: 100% onlayn
⏺ Mashg‘ulotlar: har hafta payshanba kuni, 16:00–17:30 (CEST) (jonli darslar)
⏺ Ta'lim tili: Ingliz yoki ispan
⏺ Sertifikat: Basque Culinary Center Gastronomiya fanlari fakulteti tomonidan beriladi.
Batafsil ma'lumot:
🇪🇸 Ispan tilida
Ushbu dastur gastronomik turizm yo‘nalishida dunyoning yetakchi ta'lim muassasalaridan birida xalqaro tajriba orttirish hamda sohaga oid zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash uchun ajoyib imkoniyatdir
Hoziroq ariza topshiring va gastronomik turizm sohasidagi xalqaro yetakchilardan biriga aylanish yo‘lidagi ilk qadamingizni qo‘ying!